Nega marshrut qurilmayapti?

Koʻpincha internet yoʻq: marshrutni Yandex marshrutlar xizmati quradi. Yana kamida ikkita nuqta kerak — aks holda ilova «Kamida ikkita nuqta qo‘shing» deb eslatadi.

Aloqa bor-u, ilova «Marshrut qurilmadi. Boshqa nuqtalarni yoki «To‘g‘ri chiziq bo‘yicha» rejimini sinab ko‘ring.» deb yozsa, nuqtalar orasida tanlangan tur uchun mos yoʻllar yoʻq: masalan, piyoda yopiq hududdan oʻta olmaydi, avtobus esa u yerga bormaydi. Nuqtani suring, boshqa turni tanlang yoki «To‘g‘ri chiziq bo‘yicha»ni yoqing — shunda nuqta yoʻllarsiz, toʻgʻridan-toʻgʻri harakatlanadi.

Qurilgan marshrut internetsiz ham yuradi, GPX fayldagi marshrut esa umuman tarmoq talab qilmaydi: u fayldagi chiziq boʻylab yuradi.

Savollar qoldimi? Yordam xizmatiga yozing.